Şrift:
Zulfiya mukofotiga nomzodlar roʻyxati va tanlovning oʻtish muddati haqida
07.01.2020 [09:27] - Türk dünyası-Turan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF – 5325-sonli “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan bogʻliq bir qator yangilanishlar kuzatildi. Shuningdek, tanlovda ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash maqsadida jamoatchilikning fikr va mulohazalari asosida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Respublika komissiyasi ham mukofotlash tizimiga bir qator yangilanishlar va oʻzgarishlarni kiritdi.

Jumladan:

- Tanlovlar oʻtishida shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash maqsadida Zulfiya mukofotiga talabgorlar roʻyxati mukofot berilishidan ikki oy oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi yoʻlga qoʻyildi. Bu keyingi 15 yillik tajribada ilk bora qoʻllanilmoqda. Roʻyxatni eʼlon qilinishi qaysi hududdan, qaysi yoʻnalishda, qanday salohiyatga ega nomzodlar ishtirok etayotgani haqidagi maʼlumot va tasavvurni ochiqlaydi.
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlari 21 tadan 15 taga qisqartirildi. Shuningdek, xalqaro darajadagi diplom va sertifikatlarini notarial tasdiqdan oʻtkazish tartibi bekor qilindi.
- 7 ta yoʻnalishdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 21 nafardan 25 nafargacha nomzodlar (bu raqam Komissiya qarori bilan oʻzgarishi mumkin) Respublika bosqichiga tavsiya etilishi belgilandi.
- Har bir yoʻnalish boʻyicha komissiya aʼzolari takliflari asosida “Oʻzbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga taqdim etish va mukofot sovrindorlari bilan ishlash boʻyicha Yoʻriqnoma” qaytadan toʻldirildi.
2020-yilgi sovrindorlarni aniqlash maqsadida oʻtkazilgan tanlovlar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Respublika bosqichiga jami 314 nafar nomzodlar tavsiya etildi. Nomzodlarning roʻyhati Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilinadi. Ularning ijodi va faoliyatini, ilmiy izlanishlari va faolligini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etiladi. Respublika bosqichi 7-yanvar 2020-yil kuni soat 09.00 dan boshlab (1 kun) tanlovning Toshkent shahridagi V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Respublika komissiyasi

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 448 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed