Şrift:
O‘zbekiston dunyoning turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlari safida!
04.02.2020 [13:49] - Türk dünyası-Turan
UNWTO (Butunjahon sayyohlik tashkiloti)ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston turizm sohasi eng jadal sur’atlarda rivojlanayotgan top-20 mamlakat ro‘yxatidan o‘rin olgan. Jumladan, mamlakatimiz turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan. Independent nashri shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi. Ushbu ro‘yxatda shuningdek Ozarbayjon hamda Qozog‘iston mamlakatlari ham keltirilgan bo‘lib, ular o‘z o‘rnida 17 va 20-o‘rinlarni egallagan.
Quyida turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatini ko‘rish mumkin:
1. Myanma (40,2%)
2. Puerto-Riko (31,2%)
3. Eron (27,9%)
4. O‘zbekiston (27,3%)
5. Chernogoriya (21,4%)
6. Misr (21,1%)
7. Vetnam (16,2%)
8. Filippin (15,1%)
9. Maldiv orollari (14,9%)
10. Bagama orollari (14,6%)
11. Qatar (14,5%)
12. Armaniston (14,4%)
12. Janubiy Koreya (14,4%)
13. Turkiya (14,0%)
14. Bosniya va Gersegovina (13,7%)
15. Tunis (13,6%)
16. Laos (11,5%)
17. Ozarbayjon (11,4%)
18. Isroil (10,5%)
19. Litva (10,1%)
20. Qozog‘iston (10,0)
UNWTO statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda dunyo bo‘ylab xorijiy safarlar 1,5 milliardga yetgan hamda bu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan to‘rt foiz yuqori natijani qayd etgan. Fransiya 90 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurgan mamlakat sifatida eng yuqori natijani ko‘rsatgan.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 468 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed