Şrift:
Alisher Navoiy va XXI asr
10.02.2020 [10:15] - Türk dünyası-Turan
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjumani boʻlib oʻtdi.
Alisher Navoiy oʻzining purhikmat asarlari, sermazmun hayot yoʻli, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan jahon adabiyoti, ilm-fani rivojiga munosib hissa qoʻshgan. Navoiy ijodi asrlar osha bashariyatga ezgulik va kamolotdan saboq berib kelmoqda. Alohida qayd etish joizki, Alisher Navoiy asarlarini oʻrganish va oʻrgatish bugungi kunga kelib yangi bosqichga koʻtarildi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida navoiyshunoslik sohasida olib borilayotgan tizimli ishlar esa tom maʼnoda millatimiz maʼnaviyatiga eʼtibor va ehtirom natijasidir. Joriy yilda toʻrtinchi bor oʻtkazilayotgan konferensiyada jahonning oʻndan ortiq davlatidan tashrif buyurgan navoiyshunos, tilshunos va adabiyotshunos olimlar ishtirok etdi. Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlari professorlari oʻz maʼruzalarida Navoiyning buyuk merosi va dunyo adabiyotida tutgan oʻrni hamda bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan maʼnaviy tarbiya ustuvorligi siyosatiga alohida baho berdi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov yigʻilganlarni buyuk allomamiz tavalludining 579-yilligi bilan qutladi. Anjuman yettita shoʻbada ish yuritdi va allomalarimiz merosi, hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼruzalardan iborat boʻldi.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan
Bu xəbər oxucular tərəfindən 54 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed