Şrift:
Istanbulda Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi nishonlandi
11.02.2020 [12:25] - Türk dünyası-Turan
“Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam”
Alisher Navoiy

O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy tavalludiga 579 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida ilmiy, madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir doirasida Istanbulda tahsil olayotgan 30 dan ortiq yoshlarimizga Bursa shahri bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ular qatorida xorijlik talabalar ham bo‘lib, ushbu sayohat o‘zbek madaniyati va adabiyoti, xususan, Navoiy ijodiga oid bilimlarini yanada boyitishiga xizmat qilishi shubhasizdir. Kechada navoiyshunos olima, filologiya fanlari nomzodi Gulnoza Odilova “Alisher Navoiyning jahon tamadduniga ta’siri“ mavzusida, bugungi kunda Navoiy ijodiyotining o‘rganilishi haqida so‘z yuritdi.
Adabiyot va til turizm targ‘ibotida muhim ahamiyatga ega. Biror badiiy asarni ommalashtirish, uni xorijiy tillarga tarjima qilish orqali ham sayyohlarni yurtimizga chorlash mumkin, deydi G.Odilova. – Navoiyning jahon renessansiga qo‘shgan hissasini xorijda ko‘rsata olsak, bu O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimining oshishiga xizmat qiladi. Zero Rumiy, Ganjaviy, Dehlaviy yurtini ko‘rish istagida ham har yil millionlab sayyohlar yo‘lga chiqadi. Mazkur tadbirda Bursa shahri aholisi faol ishtirok etdi. Har bir o‘qilgan g‘azalni olqishlashlari buyuk Navoiy ijodiga bo‘lgan muhabbatni ko‘rsatadi. Navoiy ijodiga qiziqib kelgan tadbir ishtirokchilariga esa yurtimizning turistik salohiyati ko‘rgazma orqali namoyish etildi.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 447 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed