Şrift:
Buxoroda katta to‘yga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
19.02.2020 [10:53] - Türk dünyası-Turan
Buxoro – buyuk allomalar, aziz avliyolar yurti. Buxoro – Alloh nazari tushgan zamin. Olti ishonarli hadislar to‘plamini jahon ahliga tuhfa etgan buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriy hazratlari shu zaminda tavallud topgan. Bu yerda yetti tasavvuf darg‘alari – yetti pir abadiy qo‘nim topgan. Azaldan Sharif, ya’ni sharofatli, sharafli maqomida bo‘lgan Buxoro shahri endilikda Islom olami madaniyati poytaxti, deb ham atala boshladi. Joriy yilning aprel oyida Islom hamkorlik tashkiloti mutasaddilari, uzoq va yaqin qo‘shni davlatlar madaniyat vazirlari, YuNESKO, AYSESKO, IRSIKA rahbarlari, jahonning taniqli tarixchi va sharqshunos olimlari 2020 yilda Islom olami madaniyati poytaxti maqomiga ega bo‘lgan Buxoroni qutlash uchun “Buxoro – 2020 islom olami poytaxti” tadbirlarida ishtirok etadi. Ushbu tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida AYSESKO xalqaro tashkiloti rahbarining birinchi o‘rinbosari Rixiati Salih Najib boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida ushbu nufuzli delegatsiya a’zolari hamda mamlakatimiz mutasaddi tashkilotlari vakillari ishtirokida ishchi guruh uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tashrif dasturiga muvofiq delegatsiya a’zolari Buxoro shahrida tadbir o‘tkaziladigan asosiy maydonlar va konferensiya zallari bilan tanishib, shaharning qadimiy obidalarini ziyorat qiladi. Toshkent shahrida mazkur tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etiladi.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 406 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed