Şrift:
Rassom Bahodir Jalolov ijodiga bagʻishlangan kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi
21.02.2020 [08:40] - Türk dünyası-Turan
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasida Oʻzbekiston xalq rassomi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti professori Bahodir Jalolov ijodiga bagʻishlangan “Abadiyatga tortilgan chiziq” nomli kitob taqdimoti oʻtkazildi. Taniqli rassomlar, sanʼatshunos olimlar, yozuvchilar va talaba-yoshlar ishtirokidagi tadbirda Oʻzbekiston xalq rassomi Akmal Nur va boshqalar Bahodir Jalolov ijodi haqida iliq fikrlar bildirdi.
“Abadiyatga tortilgan chiziq” kitobi keng jamoatchilikka namoyish etildi. Bahodir Jalolov ijodidan namunalar koʻrsatildi. Sanʼatshunoslar rassom ijodidagi serqirralikni, asarlaridagi mukammallikni alohida eʼtirof etdi. Kitob Italiyaning jahonga mashhur “SIKIRA” nashriyoti tomonidan ingliz tilida chop etilgan. Sanʼat ixlosmandlari uchun qimmatli manba boʻlib xizmat qiladigan kitobda rassomning 170 dan ortiq rangtasvir, grafika va devorga chizilgan suratlari tadqiq etilgan. Toʻplam Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi N.Ahmedova va sanʼatshunos N.Andaqulovalar tomonidan nashrga tayyorlangan.
Bahodir kimligini anglash uchun uning chizganlariga boqish kerak, –dedi Oʻzbekiston xalq rassomi Alisher Mirzayev. – Boqqanda ham falsafiy nazar, oʻzgacha tafakkur bilan qarash kerak. U daho ijodkor. Ammo u buyuklikka daʼvo qilmaydi. Butun umr kamtarin hayot kechirdi. Tinimsiz ijod qildi. Uning ijodida rang-baranglikni koʻraman. Bu uning mukammal ijodkor ekanligini anglatadi.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 328 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed