Şrift:
Oʻzbekiston tashabbusi Afgʻoniston boʻyicha tinchlik kelishuviga erishishda muhim rol oʻynadi
02.03.2020 [10:03] - Türk dünyası-Turan
2020-yil 29-fevral nafaqat mintaqamiz xalqlari, balki jahon mamlakatlari tarixiga ham muhim sana sifatida muhrlandi. Oʻzbekiston Prezidentining tashabbusi, siyosiy irodasi va amaliy saʼy-harakatlari bilan qirq yillik urush va jangu jadallardan jabr koʻrgan afgʻon zaminida tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot uchun tarixiy poydevor qoʻyildi. Qatar poytaxti Doxa shahrida Amerika Qoʻshma Shtatlari va “Tolibon” harakati oʻrtasida Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish boʻyicha bitim imzolandi. Ushbu tarixiy muzokaralarda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Tinchlik – eng aziz va bebaho neʼmat. Uni asrash insoniyatning doimiy orzusi boʻlib kelgan. Jafokash afgʻon xalqi bir insonning umriga teng yillar oʻtsa hamki tinchlik atalmish neʼmatdan bebahra qolib kelmoqda. Oʻzbek va afgʻon xalqlarini koʻp asrlik tarix, yagona din, oʻxshash anʼana va qadriyatlar bogʻlab turadi. Xalqimiz doimo afgʻon xalqining muammolarini oʻz yuragidan oʻtkazib,yordam qoʻlini choʻzishga intilib kelgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yil mart oyida Toshkentda “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya tashkil etilgan edi. Unda mamlakatimiz rahbaritomonidan qoʻshni Afgʻonistondagi tinchlikni taʼminlash boʻyicha ilgari surilgan tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Ushbu nufuzli konferensiyada ishtirok etish uchun Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, jami 25 davlat va xalqaro tashkilot vakillari tashrif buyurgan edi. Shu oʻrinda Toshkent konferensiyasi qoʻshni Afgʻoniston zaminida tinchlik oʻrnatish jarayonlarini tezlashtirganini taʼkidlash joiz. Unda davlatimiz rahbari quyidagi muhim tashabbuslarni ilgari surgan edi.
Birinchi – afgʻon muammosini tinch yoʻl bilan hal etishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish va ular boʻyicha keng va qatʼiy xalqaro konsensus – murosaga erishish;
ikkinchi – Afgʻoniston hukumati va qurolli muxolifat oʻrtasida muzokaralarni boshlash mexanizmini ishlab chiqish;
uchinchi – Afgʻonistonda milliy kelishuv jarayoniga xalqaro hamjamiyat tomonidan koʻmak berish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.
Va nihoyat, barcha manfaatdor tashqi kuchlarning qurolli muxolifatdan Afgʻoniston hukumati bilan muzokaralar stoliga oʻtirishini, qarama-qarshilik va zoʻravonlikka chek qoʻyishni qatʼiy va bir ovozdan talab qilishi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari ushbu tashabbuslarni ilgari surar ekan, bundan boshqa yoʻl yoʻq ekanligiga alohida urgʻu bergan edi. Mazkur tashabbuslar Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiyaning bosh gʻoyasi boʻlgandi.
Prezidentimizning tashabbuslaridan soʻng tomonlar va siyosiy kuchlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatila boshlandi. Chunki, bu masala Afgʻoniston boʻyicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi Toshkent konferensiyasining yakuniy hujjati – deklaratsiyasida ham mustahkamlab qoʻyilgan edi. Toshkent konferensiyasi ishtirokchilari Afgʻonistonda tinchlik va xavfsizlik oʻrnatilishi mintaqada barqarorlik va farovonlikni taʼminlash hamda koʻp yillik zoʻravonlik va afgʻon xalqining azob-uqubatlariga chek qoʻyishda salmoqli ahamiyatga ega ekanini tasdiqladi. Ular Afgʻoniston rahbariyati va ushbu mamlakat xalqining saʼy-harakatlari bilan terrorizm va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashish sohasidagi oʻzaro yaqin mintaqaviy hamkorlik orqali amalga oshiriladigan siyosiy tartibga solish, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik va sheriklik Afgʻoniston va butun mintaqada tinchlik va farovonlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishini eʼtirof etdi. Dohada oʻtgan Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga qaratilgan tarixiy kelishuvga Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delagatsiya tashrif buyurdi. Tinchlik shartnomasi imzolanguniga qadar bir qator davlatlarning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Xususan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan boʻlib oʻtgan muloqotda afgʻon zaminida oʻrnatiladigan tinchlik jarayonlarida Oʻzbekiston tomoni va davlatimiz rahbarining Toshkent konferensiyasida ilgari surgan tashabbuslariasosiy oʻrin tutgani alohida qayd etildi. Qolaversa, Afgʻonistonni kelgusida rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi.
“Tolibon” harakati vakillari bilan ham oʻtkazilgan uchrashuvda Afgʻon zaminida oʻrnatiladigan tinchlikdan tomonlar birdek manfaatdor ekaniga eʼtibor qaratildi.
Muloqotda muzokaralar jarayoniga kelish oson boʻlmagani qayd etildi. “Tolibon” vakillari “Biz qoʻshnilarimiz, xususan, Oʻzbekistonning saʼy-harakatlari natijasida tinchlikka erishyapmiz”, – deya alohida qayd etdi. Ular Afgʻonistonni rivojlantirish va tinchlikni taʼminlashda Oʻzbekistonga suyanishini bildirib oʻtdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Afgʻonistondagi siyosiy kuchlar oʻrtasida betaraflik maqomini ushlab harakat qilgani katta samara bergani taʼkidlandi. Muloqotda kelajakda Afgʻoniston hukumati va ichki siyosiy kuchlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni yoʻlga qoʻyishda Oʻzbekiston amaliy yordam berishga, shuningdek, Afgʻonistonni tiklash va rivojlantirish jarayonlarida koʻmak koʻrsatishga tayyor ekani bildirildi. Anjuman doirasida yana bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar boʻlib oʻtdi. Unda Afgʻonistonda tinchlikni taʼminlashning xozirgi bosqichi va kelajakda ushbu zaminni rivojlantirish borasidagi fikrlar oʻrtaga tashlandi. Amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ushbu muloqotlarda xalqaro delegatsiyalar tomonidan Toshkent konferensiyasi boʻyicha qabul qilingan yakuniy xujjat tarixiy qarorga eltuvchi deklaratsiya, deya baholandi. Ushbu fikrlar Doxada oʻtgan uchrashuvda ham alohada tilga olindi. Xususan, Toshkent anjumani oʻtganidan soʻng Afgʻoniston masalasida amaliy saʼy-harakatlar boshlangani xalqaro tashkilotlar va yirik davlatlar vakillari tomonidan muhim tarixiy voqea, Afgʻonistonda tinchlikka erishishning boshlanishi sifatida alohida eʼtirof etildi. Tinchlikka erishish shartnomasini imzolash marosimida AQSH Davlat kotibiMaykl Pompeo ishtirok etdi.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 85 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed