Şrift:
“Samarqand tarixi“ birinchi oʻringa munosib
03.03.2020 [10:48] - Türk dünyası-Turan
Rossiyaning “Bilimlar kemasi” nomli taʼlim portali tomonidan 13-17 yoshli rassomlar oʻrtasida “Mening Vatanim – mening oʻlkam” mavzusida xalqaro rasmlar tanlovi oʻtkazildi. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati 10-sinf oʻquvchisi Sherzod Donayevning “Samarqand tarixi” mavzusidagi ijodiy ishi 1-oʻringa munosib topilib, tanlov diplomi bilan taqdirlandi. Shuningdek, mazkur portal tomonidan Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati direktori G.Qoʻchqorova va mutaxassislik boʻlimi oʻqituvchisi A.Isayevga tashakkurnoma berildi. “Korabl Znaniy“ taʼlim portali oʻqituvchilar, tarbiyachilar, taʼlim muassasalari mutaxassislari, bolalar va ularning ota-onalari uchun Umumrossiya va xalqaro miqyosida tanlovlarni oʻtkazib keladi.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 467 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed