Şrift:
Samarqand yana bir xalqaro anjuman mezboni
04.03.2020 [10:42] - Türk dünyası-Turan
Samarqand yana bir xalqaro anjuman mezboni Avval xabar qilinganidek, 3-5-mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: oʻtmish va bugun” mavzuidagi xalqaro konferensiya oʻtkazilmoqda.
Mazkur tadbirda qatnashish uchun dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatidan olimlar, diniy ulamolar, xalqaro tashkilotlar vakillari Samarqandga kelmoqda. Shahardagi mehmonxonalarda mehmonlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Asosiy tadbirlar 3-mart kuni Forumlar majmuasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Xalqaro konferensiya doirasida mehmonlar Samarqand shahridagi Imom Moturidiy yodgorlik majmuasi va boshqa muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalarni ziyorat qilishi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot majmuasi va Hadis ilmi maktabi bilan tanishishi koʻzda tutilgan.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 467 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed