Şrift:
Bayramning bosh gʻoyasi maʼlum boʻldi
06.03.2020 [08:36] - Türk dünyası-Turan
Shu kunlarda butun xalqimizni qiziqtirayotgan bir savol bor edi: xoʻsh, bu yilgi Navroʻz bayrami qanday oʻtar ekan-a? Endi buning javobi aniq! Prezidentimiz tomonidan “2020-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjatda qayd etilishicha, yangilanish va yasharish ayyomi joylarda umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada nishonlanadi.
Bayram konsepsiyasi va dasturi “Navroʻzing – yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etadi.

BU YILGI TOMOSHALAR UZOQ VAQT YODINGIZDA QOLADI

Albatta Navroʻz sayillari va shodiyonalarining fayzi keng xalq ommasi bilan! Shu bois “2020-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorda yurtdoshlarimizning ayyomda faol ishtirokini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, bayram tadbirlarida joylarda hunarmandchilik koʻrgazmalari tashkil etiladi. Kitob rastalari, koʻchma savdo doʻkonlari odamlarga xizmat koʻrsatadi. Umumxalq sayillariga mahalliy folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari keng jalb etiladi. Qolaversa, tomoshalarda sirkchilar chiqishlaridan bahramand boʻlishingiz mumkin. Bir tomonda baxshi-yu shoirlar, yana bir tomonda taniqli ijrochilar va isteʼdodli estrada artistlari ijodidan bahramand boʻlasiz.

XOHLASANGIZ TATIB KOʻRING, XOHLASANGIZ OLIB KETING!

Odatda Navroʻz sayillarini, ayniqsa, yoshlar intiqib kutishadi. Chunki oʻyin-kulgi, bellashuv-u musobaqalardan tashqari, bu kunda eng tansiq milliy taomlarimiz pishiriladi. “Koʻpning rizqi shirin boʻladi”, degan gap bor el orasida. Doshqozonlarda sumalag-u koʻk somsa, chuchvara-yu halim, qoʻling oʻrgilsin palov... Xullas, jami totli neʼmatlardan toʻyib-toʻyib tanovul qilishingiz mumkin bu quvonchli kunlarda. Davlatimiz rahbarining “2020-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorida qayd etilishicha, bu yilgi Navroʻzda koʻklamning ana shunday tansiq taomlaridan tatib koʻrish bilan birga, uyingizga ham olib ketishingiz mumkin! Buning uchun bayram sayillari oʻtkaziladigan manzillarda bahoriy taomlar sotiladigan ochiq oshxonalar joylashtirilar ekan!

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 495 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed